Schön Klinik Hamburg uchun hamshiralik mutaxassislari kerak!
Germaniyada bepul til kurslari va turar joy, barcha xarajatlar qoplanadi, yuqori maosh va doimiy ish. 3+ yil tajriba, 36 yoshgacha – farovon hayot orzusini ro‘yobga chiqarish uchun kamyob imkoniyat!
GLOBOGATE bilan Gamburg shahridagi yangi klinika bilan ishlash imkoniyati
Reanimatsiya, intensiv parvarish yoki neyrologiya sohasida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega va 36 yoshdan kichik bo‘lsangiz – bu taklif aynan siz uchun!
Dengiz boʻyidagi marvarid – Gamburg shahridagi Schön Klinik Hamburg Eilbek klinikasi Germaniyada yangi va farovon hayot qurishga intilayotgan malakali O‘zbekistonlik hamshiralar/tibbiy ogʻalarni ishga qabul qilmoqchi.
Schön Klinik Hamburg Eilbek bu 800+ o‘rinli, 2 000 xodimga ega va yiliga 75 000+ bemorni qabul qiladigan Gamburgdagi eng yirik klinikalardan biri boʻlib, ortopediya, travmatologiya, umurtqa jarrohligi, kardiologiya, geriatriya, neyroreabilitatsiya yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatadi.
📌Bugungi kunda 400+ O‘zbekistonlik hamshiralar/tibbiy ogʻalar GLOBOGATE orqali Germaniya klinikalarida muvaffaqiyatli ishlab kelmoqdalar. Siz ham shularning qatoridan joy oling!
✈️ Bizning taklifimiz:
- Germaniya klinikasi bilan ish suhbatlari va muddati cheklanmagan Germaniya mehnat shartnomasi;
- B2 daraja uchun intensiv nemis tili kurslari (haftasiga 5 kun, kuniga 4 soat);
- Til kurslari davomida 12 oylik turar joy;
- Hujjatlar tarjimasi va tan oldirish bo‘yicha to‘liq yordam;
- Viza jarayoni/toʻlovi va Germaniyaga aviachipta;
- Germaniyaga yetib borgandan keyin – ish va yashash joyiga joylashtirish;
- Shaxsiy ustozlik hamda madaniy moslashuv va koʻnikish yordami;
- Oila birlashtirish bo‘yicha maslahatlar (yetib borganingizdan keyin taxm. 1 yil)
Yuqoridagilarning barcha xarajatlari biz tomondan 100% qoplanadi.
💶 Germaniyadagi maosh va imtiyozlar
- Hamshira yordamchisi sifatida – oyiga 3,060 yevro (brutto)
- Tan olingandan so‘ng – oyiga 3,414 – 3,964 yevro (brutto)
- Imtiyozlar: tibbiy sug‘urta, jamgʻarma pensiya dasturi, kamida 26 kunlik mehnat taʼtili
- Uzoq muddatli ish kafolati, kasbiy o‘sish, malaka oshirish imkoniyatlari
- Fitness va toʻgaraklar xizmatlari, turar joy, oilani Germaniyaga olib kelishda yordam
👩⚕️ Talablar:
- Hamshiralik/feldsherlik mutaxassisligi boʻyicha kamida 3 yillik kollej/texnikum/oliygoh diplomi
- Reanimatsiya, intensiv parvarish yoki neyrologiya bo‘limidagi kamida 3 yillik mehnat staji
- 36 yoshdan oshmagan boʻlishi
- Nemis tilini o‘rganishga har tomonlama tayyorlik (B2 darajasigacha)
- Germaniyada uzoq vaqt ishlash va yashash istagi
🗓️ Dastur jarayoni:
- O‘zbekistondagi 12–14 oylik nemis tili kurslari va imtihonga tayyorlov
- Viza jarayoni va Germaniyaga parvoz
- Hamshira yordamchisi sifatida ish boshlash
- Malaka tan olinishidan so‘ng – to‘liq hamshira lavozimiga o‘tish
📩 Hoziroq ariza topshiring va Germaniyadagi yangi hayotingiz sari ilk qadamingizni qo‘ying. Siz bilan doim birgamiz!
Shoshiling! Oʻrinlar qatʼiy cheklangan
- Отдел
- Uzbekistan
- Места
- Uzbekistan