Sizda professional karyerangizni o‘zgartirishga birgina qadam qoldi.
Biz sizning Germaniyaga ko‘chib o‘tib, nemis klinikalarida hamshira yoki tibbiy og‘a sifatida ishlash maqsadingizni siz bilan birgalikda va hech qanday xarajatlarsiz amalga oshiramiz.

Germaniya sizni kutmoqda
Biz butun dastur davomidagi barcha xarajatlarni o’z zimmamizga olamiz, shu tufayli quyidagi xizmatlar Siz uchun mutlaqo bepul:
- Germaniyalik ish beruvchi bilan tanlov jarayoni va suhbatlar
- Hujjatlaringizni O‘zbekistonda rasman tasdiqlatish, Nemis tiliga tarjima qilish va Germaniyada rasmiy tan olish jarayonidan o‘tkazish
- Viza hujjatlarini tayyorlash va konsullik jarayoni
- Germaniyaga uchib borish va ish beruvchining manziliga transfer
- Nemis tili kurslaridan to Germaniyadagi integratsiya jarayoni va turar joy tashkil qilishgacha barcha bosqichlarda doimiy qo’llab-quvvatlov
- A1 dan B2 darajasiga qadar oflayn/onlayn intensiv nemis tili kurslari
- Madaniy integratsiyalashuvingizni osonlashtirish uchun Germaniyada hamrohlik qiladigan xodimlarimiz
- Xalqaro karyerangizni Germaniyada boshlash uchun nemis ish beruvchisi bilan doimiy mehnat shartnomasi
GLOBOGATE aynan Siz uchun, agar...
-
… Sizda tibbiy kasbiy ta’lim diplomi bo‘lsa.
-
… Sizda nemis tilini o‘rganish uchun vaqt va istak bo‘lsa.
-
… Siz o‘z olamingizni kengaytirishni va professional jihatdan o‘sishni istasangiz.






Siz yolg‘iz emasiz...
- nafar o‘zbek hamshirasi hozirda dasturimizda ishtirok etmoqda.
- nafar chet ellik hamshira GLOBOGATE orqali Germaniyaga muvaffaqiyatli ko‘chib o‘tgan.
- nafar hamshira ayni damda bizga ariza topshirmoqda.
- nafar o‘zbek hamshiralarimiz allaqachon Germaniyada ishlashmoqda.
Germaniya menga qanday imkoniyatlarni beradi, deysizmi?
-
Barqaror ish o‘rinlari va imkoniyatlar
Germaniya sog‘liqni saqlash sohasidagi mutaxassislarga katta ehtiyoj sezmoqda. Shuning uchun juda jozibali shart-sharoitlar va cheklanmagan muddatli mehnat shartnomalari taklif qiladigan ko‘plab ish imkoniyatlari mavjud.
-
Raqobatbardosh maoshlar va imtiyozlar
Germaniyadagi oylik maoshlar boshqa davlatlardagidan sezilarli darajada balandroq. Bundan tashqari, jtimoiy sug‘urta, tibbiy sug‘urta va maosh saqlanadigan kamida 28 kunlik mehnat ta'tili kabi imtiyozlar ham mavjud.
-
Ta'lim va kasbiy o‘sish
Germaniya yuqori sifatli, bepul yoki arzon narxlarda ta'lim imkoniyatlarini taklif etadi, shuningdek, ixtisoslashish va kasbiy malaka oshirish uchun keng turdagi uzluksiz ta'lim dasturlari mavjud. Bular sizning kasbiy profilingizni rivojlantirishi tabiiy.
-
Hayot sifati va xavfsizlik
Barqaror va xavfsiz muhitda yashash imkoniyati: birinchi darajali sog‘liqni saqlash tizimi, zamonaviy infratuzilma, samarali transport, kuchli iqtisodiyot hamda ish va shaxsiy hayotning muvozanatini ta'minlaydigan ijtimoiy siyosat.
-
Turfa xillik va madaniyat
Germaniya ko‘p madaniyatli mamlakat bo‘lib, jo‘shqin shaharlarga, xalqaro tadbirlar va chet elliklarning integratsiyasiga ochiq jamiyatga ega. Shuningdek, uning Yevropaning qoq markazidagi joylashuvi butun qit'ani kashf etish uchun ideal joydir.
-
Oila a'zolarini birlashtirish
Nemis klinikalarida doimiy ishlash huquqiga ega hamshira mutaxassis sifatida siz o’z oila a’zolarinigizni (turmush o’rtoq, farzandlar va ota-ona) birgalikda doimiy yashash uchun Germaniyafa chaqirib olishingiz mumkin.
Axloqiy jihatdan to‘g‘ri va adolatli ishga yollash” sifat yorlig‘i bilan tasdiqlangan
GLOBOGATE kompaniyasi Germaniyadagi ish beruvchi klinikalar, shifoxona va kaslxonalarlarga hamshiralik ishi bo’yicha chet ellik mutaxassislarni yollash va ularni integratsiya qilishda yordam beradi. Hozirgi kunda kompaniya o‘z faoliyatini quyidagi mamlakatlarda olib bormoqda: Filippin, O‘zbekiston va Kolumbiya. Biz xalqaro hamkorlar tarmog‘i bilan birgalikda, ish beruvchilarga malakali chet ellik ishchilarni yollash va mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq muammolarni eng yuqori axloqiy me’yorlarga rioya qilgan holda hal qilishga yordam berishni maqsad qilganmiz. Shu bilan birga, yollangan ishchilarga mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq xavflardan maksimal darajada himoya qilishni ta'minlashni istaymiz. Bu yerda bizning Tamoyillar Bayonoti bilan tanishishingiz mumkin.
O‘zbek hamshiralari uchun Germaniyada bo‘sh ish o‘rinlariga taklif
GLOBOGATE Global
GLOBOGATE’da biz tajriba, sadoqat va insonparvarlik yondashuvini birlashtirib, Germaniya ish beruvchilarini Filippin, O‘zbekiston va Kolumbiyadan hamshira mutaxassislarni ishga axloqiy jihatdan to‘g‘ri va adolatli yollashda qo‘llab-quvvatlaymiz. Umumiy qadriyatlar va ishonch orqali biz rejalashtirilgan va barqaror yollash jarayonini osonlashtirib, kompaniyalarga ish beruvchi brendlarini mustahkamlash imkonini beramiz.
Bizning tajribali jamoalar va eng yaxshi til maktablari bilan hamkorlikni o‘z ichiga oladigan kompleks yondashuvimiz muvaffaqiyatli integratsiya va tibbiyot sohasida uzoq muddatli karyerangizni kafolatlaydi.