O‘zbek hamshiralari Germaniyada – Christophorus Kliniken
Germaniyadagi Christophorus Kliniken shifoxonasida hamshira sifatida rasmiy ishlang. Bepul nemis tili kurslari va turar-joy kafolatlangan.
YANGILIK! O‘zbek hamshiralari uchun Germaniyadagi Christophorus Kliniken shifoxonasida ishlash imkoniyati!
Christophorus Kliniken shifoxonasi – Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya oʻlkasidagi yirik, notijoriy tibbiyot birlashmasi boʻlib, shifoxonalar, psixiatriya klinikasi, ambulator-tibbiy xizmatlar markazlari hamda uchta parvarish uylaridan tarkib topgan. Birlashmada 3 400 nafardan ortiq xodim ishlaydi va xalqaro hamshira sifatida siz uchun kuchli koʻmak tizimi mavjud.
Klinikalar Germaniyaning Kyosfeld, Dyulmen va Nottuln shaharlarida joylashgan.
Klinika tomonidan to‘liq stavkadagi doimiy ish oʻrinlari taklif qilinmoqda!
Ish beruvchi bilan suhbat Toshkent shahrida, 20-22 yanvar kunlari boʻlib oʻtadi.
Nomzodlarga nisbatan asosiy talablar
🎓 Tibbiyot kolleji/texnikumini 3 yillik davrda hamshiralik ishi yoki umumiy amaliyot hamshirasi mutaxassisligi boʻyicha yakunlaganlik
🏥 Ichki aʼzolar kasalliklari, jarrohlik, geriatriya, nevrologiya yoki ortopediya sohasida tajribasi bor nomzodlarga ustunlik beriladi (bo‘lsa yaxshi lekin boʻlishi shart emas)
🧓 Keksalar parvarishi sohasida ishlashga tayyorlik
🌍 Germaniyada yashash va ishlash uchun kuchli ishtiyoq
Tanlangab olingan nomzodlarga Globogate quyidagilarni taqdim qiladi (hammasi bepul):
① Intensiv nemis tili kursi (haftasiga 5 kun, kuniga 4 soat, 10 oy)
② O‘quv davomida bepul turar-joy
③ Nemis tili oʻqituvchisi va oʻquv materiallari sarflari;
④ Hujjatlarni tarjima qilish, rasmiylashtirish va tasdiqlatish xarajatlari;
Maosh va imtiyozlar
✔️ Tan olinishga qadar: 2 751,14 yevro (brutto)
✔️ Tan olinishdan so‘ng: 3 304,69 yevro (brutto)
✔️ Tungi, dam olish kunlari va qo‘shimcha smenalar uchun qo‘shimcha haq
✔️ Yiliga 30 kunlik mehnat ta’tili
✔️ Germaniyaga kelgach: ish beruvchi tomonidan uy-joy (oyiga taxm. 495 yevro, jihozlangan)
📨Ariza topshirish
Germaniyada hamshira sifatida martabangizni boshlamoqchimisiz?
Quyidagi tugma orqali ariza topshirib, o‘zingizning o‘rningizni band qiling.
📌 Suhbat manzili: Xalqaro til va ko‘nikmalar markazi
Toshkent shahri, Yashnobod tumani Parkent ko‘chasi, 331-uy
(Yashnobod metrosi, Sobiq Aviasozlik kolleji)
- Отдел
- Uzbekistan
- Места
- Uzbekistan